So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

30 iyu 17:22
Yangiliklar

Boshqalar

Karantinda toblangan para atletlar O'zbekiston chempionatida kuch sinashishdi

Teglar :  Paraolimpiya
Avval xabar berganimizdek, bugun 29 iyul kuni Para atletikaning yadro uloqtirish turi bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Onlayn tarzda o'tkazilgan ushbu musobaqaning final qismida viloyatlardan jami 19 nafar saralangan sportchi ishtirok etdi.



Takidlash kerakki, yurtimizda karantin joriy etilganidan buyon barcha sportchilar qatori paralimpiyachilarimiz ham mashg'ulotlarni o'z uylarida davom ettira boshlashdi. Ushbu onlayn musobaqa ularning uy sharoitidagi mashg'ulotlarini baholash uchun ayniqsa juda muhim edi.

Quvonarlisi, onlayn musobaqada ishtirok etgan 19 nafar sportchidan 12 nafari Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi jahon reyting jadvali natijaliri bilan taqqoslaganda, ularga nisbatan yaxshiroq ko'rsatgich qayd etdi. Bundan tashqari, Nurxon Qurbonova, Muhammadjon Rexsimov, Dilafruz Axmadxonova hamda Elbek Sultonov o'zlarining shaxsiy natijalarini yangilashga erishdi.






Musobaqa yakunida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov uy sharoitida bo'lishiga qaramay mana shunday yuqori sport formasini nafaqat ushlab turganligi, balki uni yanada yaxshilashga erishganliklari uchun para atletikachilarimizni alohida etirof etdi va ularga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Musobaqada yaxshi natija ko'rsatgan sportchilar Paralimpiya associaciyasi tomonidan munosib taqdirlandi.


O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi

matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing