So’nggi yangiliklar

19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0 13:58"Нурмагомедов чемпионлик жангига лойиқ эмас" - Петр Ян 0

14 sen 07:22
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

Prezidentimiz qo'ygan vazifalar masuliyatimizni oshiradi

Mamlakatimizda yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni sportga jalb qilish, shuningdek, sport sohasini tubdan rivojlantirishga dolzarb masala sifatida etibor qaratilyapti.

Natijada shu yil Tokioda bo'lib o'tgan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida yurtimiz vakillari yuksak natijalarni qo'lga kiritib, davlatimiz bayrog'ini baland ko'tardi.

Jumladan, Paralimpiya musobaqalarida O'zbekistonning 48 nafar paralimpiyachisi 8 ta sport turining 55 ta yo'nalishi bo'yicha 8 oltin, 5 kumush va 6 bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 160dan ziyod davlat orasida 16-o'rinni, MDH va Osiyo mamlakatlari ichida 4, turkiy tilli davlatlar orasida 2, Markaziy Osiyoda esa 1-o'rinni egalladi. Bu natijalar butun xalqimizni cheksiz quvontirdi.

Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlariga avtomashinalar va poytaxtimizdan kvartiralar ajratildi. Prezidentimiz farmoni bilan g'olib sportchilar, ularning murabbiylari va barcha ishtirokchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev Tokioda o'tgan XVI Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari bilan uchrashib, ularni, murabbiylari va ota-onalarini shaxsan o'zi qutladi va turli davlat mukofotlarini topshirdi. SHuningdek, davlat rahbari uchrashuvda endi erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, Vatanimizning sport sohasidagi ulkan salohiyatini tobora kengroq namoyon etish uchun 2024 yilda Parijda bo'ladigan Paralimpiya o'yinlariga bugundan boshlab aniq tizim asosida tayyorgarlik ko'rish zarurligini takidladi. Kelgusi musobaqalarga stol tennisi, qilichbozlik, kamondan otish, velosport, ot sporti, badminton singari turlar bo'yicha ham yo'llanmalar uchun kurashish kerakligi ko'rsatib o'tildi.

SHu munosabat bilan bo'lg'usi Paralimpiya o'yinlariga puxta hozirlik ko'rish uchun zarur choralarni amalga oshirish, joylarda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarimiz o'rtasida paralimpiya harakatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqib, amalga oshirish, para-sport turlari bo'yicha iqtidorli atletlarni saralash va ularning zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish, xususan, sport talimi maskanlarida tegishli o'qitish dasturlari va metodikasini joriy qilish bilan birga, ularda paralimpiya bo'limlarini tashkil etib, qo'shimcha kvotalar ajratish kerakligi takidlandi.

Prezidentimizning paralimpiya harakatini rivojlantirish bo'yicha bergan topshiriqlari, ko'rsatmalari biz talim sohasi vakillari zimmasiga ham katta masuliyat yuklaydi. Takidlash joizki, yurtimizda Olimpiya o'yinlari qatori Paralimpiya musobaqalariga ham har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Bu borada 2017 yil 1 dekabrda qabul qilingan “Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy talim muassasalariga nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'shimcha davlat granti kvotalari asosida o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida”gi nizom muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Mazkur hujjatlarga asosan barcha oliy o'quv yurtlarida I-II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qo'shimcha 2 foizlik kvota asosida maxsus imtiyozlar joriy qilindi. Ushbu imtiyozlar jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning nafaqat sport bilan shug'ullanishi, balki sportdagi karerasini tugatganidan so'ng tanlagan yo'nalishi bo'yicha bevosita pedagoglik va trenerlik faoliyatini davom ettirishi imkoniyatini beradi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetimizda ham 2018-2019 o'quv yildan boshlab Paralimpiya sport turlari kafedrasi tashkil qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida joriy yilda jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o'quv yurtlarida talim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Adaptiv jismoniy tarbiya va sport-sog'lomlashtirish fakulteti negizida Paralimpiya fakulteti tashkil etildi.

2020-2021 o'quv yilidan boshlab Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) bakalavriat talim yo'nalishi negizida “Adaptiv sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport” magistratura mutaxassisligi ochildi.

Qayd etish joizki, bu say-harakatlar Konstituciyamizda belgilab qo'yilgan hamma teng huquqga ega ekanligining amaldagi namunasi sifatida hayot taqozosi bilan ayrim nuqsonlar bilan tug'ilgan yoshlarimizga ham qulay sharoitlar yaratish, ularni sportga jalb etish, paralimpiya harakatini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlardan biri bo'ldi. Ayni paytda Paralimpiya fakultetimizning kunduzgi bo'limida 91 nafar, sirtqida 35 nafar, jami 126 ta nafar talaba tahsil olmoqda.  

Tokioda o'tgan XVI paralimpiya o'yinlari ishtirokchilari va sovrindorlari orasida universitetimiz talabalari ham ko'pchilikni tashkil etishi quvonarli hol. Jumladan, paraengil atletika bo'yicha Bobur Omonov (oltin medel), Izzat Turg'unov (6-o'rin), Sabina Suxanova (4-o'rin), Roza Qo'zieva (pauerlifting kumush), Temur G'iyosov (4-o'rin), Hayitmurod SHerqo'ziev  (parakonoe 4-o'rin), SHahnoza Mirzaeva (parakanoe 6-o'rin) o'z yo'nalishlarida munosib ishtirok etib, umumjamoamiz natijalariga katta hissa qo'shdilar. Umuman, har bir ishtirokchi matonat va jasorat namunalarini ko'rsatib, yurtimiz yoshlariga namuna bo'ldi.

Paralimpiachilarimizning muvaffaqiyatlari zamirida, albatta, davlatimiz rahbari rahnamoligida yurtimizda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ularni qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan etibor mujassam. Bundan tashqari, respublikamizda “Sport hamma uchun” loyihasi doirasida Parasport xalqaro festivali o'tkazilishi, eng avvalo, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarni parasport turlari bilan keng qamrab olish, sport orqali sog'lig'ini tiklash, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda jamiyatga integraciya qilish uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan katta imkoniyat desak mubolag'a bo'lmaydi.

Muxtasar aytganda, qayd etish joizki, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar o'rtasida paralimpiya harakatini rivojlantirish, kelgusi paralimpiya o'yinlarida bundan-da yuksak natijalarni egallash hamda ayrim nuqsonga ega o'g'il-qizlarimizning hayotga umidini, ishonchini oshirib, sportga keng jalb etishda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Paralimpiya fakultetimiz jamoasi ham o'z hissasini qo'shadi.  

Soyib TOJIBAEV, O'zDJTSU Paralimpiya fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing