11 fev 12:06
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov final ostonasida mag'lub etildi
Dunyoning 18-raketkasi Karen Xachanov Marsel turnirining finaliga chiqa olmadi.
Rossiyalik tennischi murosasiz kechgan yarim final bahsida reytingda o'zida besh pog'ona yuqorida borayotgan bolgariyalik Grigor Dimitrovga 7/6(3), 4/6, 6/7(5) hisoblarida yutqazdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yirik ko'rinishga keldi - 3:0.
Roppa rosa 3 soat davom etgan qarama-qarshilikda Xachanov 10, Dimitrov esa 20 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Grigorda ko'proq bo'ldi - 7 ga 3. Bugun u bosh sovrin uchun uchrashuvda franciyalik Ugo Umberga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar