19 fev 17:29
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov ilk davradayoq yutqazib qo'ydi
Franciyaning Marsel shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning 17-raketkasi Karen Xachanov kutilmaganda musobaqaning birinchi davrasida yutqazib qo'ydi. Rossiyalik tennischi Open 13 turnirining ilk bosqichida reytingning 47-pog'onasidan joy olgan sloveniyalik Alyaj Bedenega imkoniyatni boy berdi - 6/4, 4/6, 5/7.
Uchrashuv 2 soatu 22 daqiqa davom etgan. Karen 8, Alyaj esa 18ta eys zarbasini amalga oshirgan. O'zaro uchrashuvlarda Bedene ilk bor Xachanovdan ustun keldi. Bundan avvalgi uchta bahsda rossiyalik tennischining qo'li baland kelgan edi. Bedene ikkinchi davrada franciyalik Jil Simonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar