16 sen 13:50
Yangiliklar
Tennis

Karimjonova Ashgabat Cup bosh mukofoti uchun kortga chiqadi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida davom etayotgan Ashgabat Cup turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Musobaqaning qiz bolalar o'rtasidagi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan hamyurtimiz Yasmina Karimjonova hal qiluvchi final uchrashuvi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz yarim final uchrashuvida musobaqaning to'rtinchi raketkasi ukrainalik Polina Gubinani 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Uning bosh mukofot uchun bahsdagi raqibasi turnirning ikkinchi raketkasi, qozog'istonlik Darya Detkovskaya bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar