17 sen 10:50
Yangiliklar
Tennis

Karimjonova Ashgabat Cup turniri vice-chempioni!
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tennis bo'yicha o'smir va qizlar o'rtasidagi Ashgabat Cup turniri yakunlandi.
Musobaqaning qiz bolalar o'rtasidagi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtimiz Yasmina Karimjonova hal qiluvchi final uchrashuvida kortga chiqdi.
Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz musobaqaning ikkinchi raketkasi qozog'istonlik Darya Detkovskaya bilan xisob-kitob qildi. Birinchi set 7:5 hisobida hamyurtimiz foydasiga hal bo'ldi. lekin keyingi ikki setda Yasmina raqibasiga 2:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar