23 sen 16:00
Yangiliklar
Tennis

Karimjonova Ashxobod turniri finalga chiqdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bugun tongda hamyurtimiz Yasmina Karimjonova final yo'llanmasi uchun kortga chiqishi haqida xabar bergandik.
Tennischimiz yarim finalda turkiyalik Eysa Erturkka qarshi o'yin o'tkazdi va 6:2, 7:6(2) hisoblarida g'alaba qozondi.
Endi u ertaga turnir g'olibligi uchun turnirning to'rtinchi raketkasi hisoblangan rossiyalik Vasilisa Polunovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar