26 sen 08:50
Yangiliklar
Tennis

Karimjonova – Ashxobod turniri g'olibasi!
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.
Quvonarlisi, musobaqada birinchi raqam ostida harakat qilgan hamyurtimiz Yasmina Karimjonova turnir g'olibasiga aylandi. Tennischimiz hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning ettinchi raketkasi, ukrainalik Polina Gubinani mag'lub etdi.
Birinchi set 6:4 hisobida hamyurtimiz foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setning beshinchi geymidan so'ng Gubina bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytga kelib Yasmina 4:1 hisobida oldinda borayotgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar