13 okt 12:35
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/4857_220.jpg)
Karimjonova Shymkent Open turnirining chorak finalida
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi turnir davom etmoqda.
Qizlar o'rtasidagi Shymkent Open musobaqasining asosiy to'r bahslarida etti nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan edi. Ulardan faqat bir nafari chorak finalga etib keldi.
Turnirda 7-raqam ostida tasniflangan Yasmina Karimjonova ikkinchi bosqich uchrashuvida rossiyalik Varvara Kusinaga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan bahsda vakilamiz 5:7, 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Bugun Yasmina yarim final chiptasi uchun turnirning birinchi raketkasi rossiyalik Sofiya Lanserega qarshi kortga chiqadi. Yana bir tennischimiz Laylo Bahodirova esa turnirning 3-raqamli tennischisi, qozog'istonlik Jibek Kulambaevaga ikki setda ham bir xil 3:6 hisobida yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar