12 okt 10:20
Yangiliklar
Tennis

Karimjonova va Bahodirova Shymkent Open turnirning 2-davrasida
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi turnir davom etmoqda.
Qizlar o'rtasidagi Shymkent Open musobaqasining asosiy to'r bahslarida etti nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagan edi. Ulardan faqat ikki nafarigina ikkinchi davra yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Turnirda 7-raqam ostida tasniflangan Yasmina Karimjonova mezbonlar vakilasi Danel Ashirovani 5:7, 6:0, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Laylo Bahodirova esa belaruslik Kristina Filichenokdan 6:4, 7:5 hisobida ustun keldi.
Bugun Yasmina ikkinchi bosqich uchrashuvida rossiyalik Varvara Kusinaga qarshi kortga chiqadi. Laylo esa turnirning 3-raqamli tennischisi, qozog'istonlik Jibek Kulambaeva bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar