20 sen 13:30
Yangiliklar
Tennis

Karimov, Fayziev, SHonig'mat CHimkentda ikkinchi davraga chiqishdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Unda bir yo'la to'qqiz nafar tennischimiz ishtirok etyapti. Turnirning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun ilk davrada rossiyalik Stanislav Korshunovni 5:7, 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov esa turnirda beshinchi raqam ostida harakat qilmoqda. Bugun u Kristian Lozandan 5:7, 6:0, 6:0 hisobida ustun keldi. Yana bir hamyurtimiz SHonig'matjon SHofayziev qozog'istonlik Roman Xassanovni 6:4, 6:1, Pavel Coy esa qozog'istonlik Dias Meyerbekni 6:1, 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Eslatib o'tamiz, kecha ikki tennischimiz Humoyun Sultonov va Sergey Fomin o'zaro uchrashuvda to'qnash kelishgan va unda o'smirlar o'rtasidagi US Open-2016 turnirining chorak finalchisi bo'lgan Humoyun 6:0, 6:4 hisobida g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar