So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

29 dek 11:04
Yangiliklar

SHaxmat

Karlsen va Goryachkina Rapid bo'yicha jahon chempioni bo'lgan musobaqada shaxmatchilarimiz qanday natija qayd etishdi?

Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilayotgan FIDE Jahon chempionatida Rapid bo'yicha bahslar yakuniga etib, g'olib va sovrindorlar malum bo'ldi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 70 davlatidan kelgan 394 nafar shaxmatchi ishtirok etyapti. O'zbekiston terma jamoasi safida 14 nafar shaxmatchimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. 

Afsuski, Rapid bahslarida hamyurtlarimizning hech biri sovrinli o'rinlardan joy ola bilmadi. SHaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natijaga Javohir Sindarov erishdi. Jahon kubogi g'olibi 13 imkoniyatdan 9 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 7-o'rinni egalladi. Nodirbek Abdusattorov 8,5 ochko to'pladi va 23-o'rin bilan kifoyalandi. 

So'nggi 13-turda Javohir Sindarov oq donalarda rossiyalik Andrey Esipenko bilan murosaga keldi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda boshqa bir rus grossmeysteri Denis Lazavik bilan murosaga keldi. SHamsiddin Vohidov, Humoyun Begmuratov, Muhammadzohid Suyarov va Jahongir Vohidov ham so'nggi turda durang natija qayd etdi. Nodirbek Yakubboev va Muhiddin Madaminov qora donalarda o'ynaganliklariga qaramay, raqiblarini taslim etdi.    

O'zbekiston ayollar terma jamoasi vakilalaridan eng yaxshi natija Afruza Hamdamovada, u 11 imkoniyatdan 7 ochko to'pladi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 22-pog'onadan joy oldi. Gulruhbegim Tohirjonova 6,5 ochko jamg'ardi va 31-o'ringa joylashdi. Ayollar o'rtasidagi rapid bahslarida rossiyalik Aleksandra Goryachkina chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. 

Co'nggi kungi bahslarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan Magnus Karlsen 10,5 ochko bilan muddatidan oldin rapid bo'yicha jahon chempioniga aylandi. Rossiyalik Vladislav Artemev 9,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni egalladi. Hindistonlik Arjun Ergaisi oxirgi turda rossiyalik Aleksandr SHimanovni mag'lub etgani ortidan 9,5 ochko bilan kuchli uchlikdan joy oldi. 

O'zbekiston shaxmatchilarining Rapid bahslaridagi yakuniy natijalari:

Erkaklar:

1. Javohir Sindarov – 9 ochko, 7-o'rin

2. Nodirbek Abdusattorov – 8,5 ochko, 23-o'rin

3. Muhiddin Madaminov – 7,5 ochko, 65-o'rin

4. Nodirbek Yakubboev – 7,5 ochko, 72-o'rin

5. Jahongir Vohidov – 7 ochko, 96-o'rin

6. Humoyun Begmuratov – 7 ochko, 99-o'rin

7. SHamsiddin Vohidov – 7 ochko, 101-o'rin

8. Muhammadzohid Suyarov – 6,5 ochko, 143-o'rin


Ayollar:

1. Afruza Hamdamova – 7 ochko, 22-o'rin

2. Gulruhbegim Toxirjonova – 6,5 ochko, 31-o'rin

3. Umida Omonova – 6 ochko, 60-o'rin

4. Madinabonu Xalilova – 5 ochko, 95-o'rin

5. Guldona Karimova – 4,5 ochko, 102-o'rin

6. Nilufar Yakubbaeva – 4,5 ochko, 116-o'rin

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing