24 sen 07:24
Yangiliklar
Tennis
Karolin Voznyacki Uxandagi ishtirokini yakunladi
Dunyoning 18-raketkasi Karolin Voznyacki Xitoyning Uxan shahrida o'tkazilayotgan turnirning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Daniyalik tennis malikasi birinchi bosqichda Xitoy Taypeyi vakilasi Se Su-Veyga qarshi kortga chiqdi. WTA reytingida 32-pog'onadan joy olgan Se birinchi setni 6/7(2) hisobida boy berdi. Lekin keyingi ikki setda kuchli raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 6/2.
Uchrashuv 2 soatu 4 daqiqa davom etgan. Su-Vey ilk bor Karolinni mag'lub etgan. Bundan avvalgi o'zaro uchta bahsda ham Voznyackining qo'li baland kelgan edi. Endi 33 yoshli Se Wuhan Open turnirining ikkinchi davrasida rossiyalik Svetlana Kuznecovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar