20 fev 12:09
Yangiliklar
Tennis

Karolina Plishkova Cibulkovadan ustun keldi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning beshinchi raketkasi bo'lib turgan Karolina Plishkova ikkinchi davra uchrashuvida g'alabaga erishdi. CHexiyalik tennischi slovakiyalik dugonasi Dominika Cibulkovdan 6/2, 3/6, 6/3 hisobida ustun keldi.
Tennischilar kortga 1 soatu 53 daqiqa harakat qilishdi. Endi Plishkova Dubai Duty Free Tennis Championships turnirining uchinchi bosqichida amerikalik Elison Riskega qarshi kortga chiqadi. Riske franciyalik Alize Korneni mag'lub etdi - 6/2, 6/3.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar