20 iyu 08:34
Yangiliklar
Tennis
Karolina Plishkova o'z egizagi Kristinaga yutqazib qo'ydi
Sayyoramizning uchinchi raqamli tennis malikasi Karolina Plishkova Birmingemda davom etayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
CHexiyalik 27 yoshli tennischi Nature Valley Classic musobaqasining ikkinchi davrasida o'z egizagi Kristina Plishkovaga yutqazib qo'ydi. Bir soatu 55 daqiqa davom etgan bahsda reytingning 112-pog'onasidan joy olgan Kristina - 6/2, 3/6, 7/6(7) hisobida zafar quchdi.
Uchrashuv davomida Karolina 9, Kristina esa 24ta eys zarbasini amalga oshirdi. Egizak tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Kristina foydasiga o'zgardi - 5:4. Endi u chorak finalda yana bir chexiyalik tennischi Barbora Strikovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar