21 may 17:37
Yangiliklar
Tennis
Karolina Plishkovani final ostonasida to'xtatishdi
Sayyoramizning sakkizinchi raqamli tennis malikasi Karolina Plishkova Strasburg turniri yarim finalida kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
CHexiyalik raketka ustasi 1 soatu 27 daqiqa davom etgan bahsda WTA reytingining 81-pog'onasidan joy olgan sloveniyalik Kayya Yuvanga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2/6, 5/7.
Karolina bitta, Kayya esa to'rtta breykni amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham ikkitadan eys zarbani ijro etgan. Bu ularning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Yuvan bugun bosh sovrin uchun germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar