06 avg 11:14
Yangiliklar
Tennis
Kasatkina 0/6 hisobida mag'lub bo'la turib g'alabaga erishdi
Kanadaning Toronto shahrida tennis bo'yicha nufuzli Rogers Cup turniri davom etmoqda.
Rossiyalik tennischi Darya Kasatkina musobaqaning birinchi bosqichida germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi bahs olib bordi. WTA reytingida 40-pog'onada borayotgan Dasha kuchli raqibasini mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
22 yoshli Kasatkina birinchi setni 0/6 hisobida boy berishiga qaramay, yakunda sayyoramizning 13-raketkasini 6/2, 6/4 hisobida engdi. Bu bilan ikki tennischining o'zaro uchrashuvlardagi muvozanati tiklandi - 4:4.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar