17 jan 14:45
Yangiliklar
Tennis
Darya Kasatkina rasman Avstraliya fuqaroligini oldi + FOTO
Dunyo reytingida 48-o'rinni egallab turgan 28 yoshli rossiyalik tennischi Darya Kasatkina rasman Avstraliya fuqaroligi sertifikatini qo'lga kiritdi.
"Rasman avstraliyalik! Baxtliman, minnatdorman va erkinman", - deb yozdi Kasatkina ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Kasatkina 2025 yilning bahorigacha Rossiya sharafini himoya qilgan va shundan so'ng Avstraliya bayrog'i ostida turnirlarda ishtirok etib kelmoqda. Darya yaqinda bergan intervyusida xalqaro turnirlarda Avstraliya sharafini himoya qilishdan faxrlanishini aytgandi.
Eslatib o'tamiz, Kasatkina navbatdagi rasmiy uchrashuvini Australian Open turnirida o'tkazadi. U musobaqaning birinchi davrasida CHexiya vakilasi Nikola Bartunkovaga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar