06 avg 15:42
Yangiliklar
Tennis

Toronto "Masters". Andrey Rublyovni 20 ta eys mag'lub etdi
Kanadaning Toronto shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
ATP reytingida 11-o'rinni egallab turgan Andrey Rublyov chorak final musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Rossiyalik tennischi bu bosqichda dunyoning 4-raketkasi amerikalik Teylor Fritcga 3/6, 6/7(4) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Fritc tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinda bormoqda - 6:4. Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 6, Fritc esa 20 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Teylor final chiptasi uchun hamyurti Ben SHeltonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar