15 avg 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev uxlatib qo'ygan rus jangchisi UFC bilan yangi shartnoma imzoladi
Rossiyalik o'rta vazn toifasi vakili Andrey Pulyaev UFC promousheni bilan shartnomasini uzaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Bu haqda 28 yoshli aralash yakkakurash ustasining o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar berdi. Yangi kelishuv 4 ta jangga mo'ljallangan.
Qizig'i shundaki, Pulyaev oxirgi ikkita jangida mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Andrey avvaliga Atebe Gotega yutqazdi. Keyin esa hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev Boku turniri doirasidagi jangning birinchi raundidayoq Pulyaevni bo'g'ish orqali uxlatib qo'ygandi.
Malumot uchun, Andrey Pulyaev UFC ligasiga Dana Uayt Davogarlar turniridagi g'alabasi orqali kelgandi. Uning professional MMAdagi faoliyati 2022 yilda boshlangan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar