16 mar 10:02
Yangiliklar

Kasatkinaning yurishi davom etadi, galdagi “qurbon” - Kerber!
Sovrin jamg'armasi 8 648 508 dollarni tashkil qiluvchi BNP Paribas Open musobaqasining yakkalik bahslarida yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi. Katta shov-shuv ko'tarishga muvaffaq bo'lgan Darya Kasatkina yana bir kutilmagan g'alabaga erishdi.
Bu safar dunyoning 19-raketkasi bo'lgan rossiyalik tennischi WTA reytingida 10-o'rinni egallab turgan sobiq birinchi raketka germaniyalik Anjelik Kerberni 6:0, 6:2 hisobida taslim etdi. Endi Kasatkina yarim finalda amerikalik Vinus Uilyamsga qarshi kortga chiqadi.
CHorak final natijalari:
Simona Xalep (Ruminiya, 1) – Petra Martich (Xorvatiya) – 6:4, 6:7 (5), 6:3
Naomi Osaka (Yaponiya) – Karolina Plishkova (CHexiya, 5) – 6:2, 6:3
Darya Kasatkina (Rossiya, 19) – Anjelik Kerber (Germaniya, 10) – 6:0, 6:2
Vinus Uilyams (AQSH, 8) – Karla Suares-Navarro (Ispaniya, 27) – 6:3, 6:2
Fikrlar