20 may 10:52
Yangiliklar
Tennis
Kasper Ruud bosh sovrin uchun kurashni davom ettiryapti
SHveycariyaning Jeneva shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turnirida 1/2 final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi, norvegiyalik Kasper Ruud chorak final uchrashuvida ATP reytingida 85-pog'onadan joy olib turgan avstraliyalik Tanasi Kokkinakisni 6/4, 7/6(3) hisobida mag'lub etdi.
Bir soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda 23 yoshli Ruud 1 ta eys, 3 ta qo'shxato va 1 ta breyk-poyntni amalga oshirdi. 26 yoshli Kokkinakis esa 6 ta eys zarbasini ijro etgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1.
Endi Kasper Jeneva turniri final chiptasi uchun amerikalik Reylli Opelkaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar