25 iyu 09:04
Yangiliklar
Kasper Ruud Gshtaadda chempionlik unvonini himoya qildi
Dunyoning beshinchi raketkasi Kasper Ruud musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Norvegiyalik tennischi bu bilan o'tgan yilgi chempionlik unvonini munosib tarzda himoya qildi va ochkolarni saqlab qoldi.
Ruud 2 soatu 36 daqiqa davom etgan final uchrashuvida reytingning 15-pog'onasidan joy olgan italiyalik Matteo Berrettinini 4/6, 7/6(4), 6/2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida norvegiyalik hisobda oldinga chiqib oldi - 3:2. SHuningdek, u italiyalikning 12 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasiga ham chek qo'ydi. Ruud 8, Berrettini 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Kasper mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi to'qqizinchi sovrinini qo'lga kiritdi. SHveycariyadagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 81,310 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Fikrlar