15 avg 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA, Tennis

Berrettini US Open`ni o'tkazib yuboradi
Dunyoning 59-raketkasi Matteo Berrettini "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turnirida ishtirok eta olmaydi.
Bunga italiyalik tennischining jarohati sabab bo'lmoqda. Matteo Uimbldon turniridan keyin hali kortga qaytgani yo'q. U ketma-ket beshta turnirda qatnashmadi.
Endi Berrettenining o'rnini asosiy to'rda Brendon Xolt egallaydi. U wild card, yani imtiyozli yo'llanma sabab to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rga qo'yilgandi. Tashkilotchilar Xoltga taqdim etilgan bu imtiyozli chiptani endi boshqa omadli tennischiga berishadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar