21 apr 16:10
Yangiliklar
Kasper Ruud ikki hafta ichida ikkinchi bor finalga chiqdi
Dunyoning oltinchi raketkasi Kasper Ruud ketma-ket ikkinchi finaliga chiqdi. Norvegiyalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 30-pog'onadan joy olgan argentinalik Tomas Martin Etcheverrini mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(6), 6/4.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Ikki daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Ruud 1, Etcheverri 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Tomasda ko'proq bo'ldi - 2 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik esa g'olib tennischida bo'ldi 3 ga 2.
SHu tariqa, Ruud ikki hafta ichida ikkinchi bor finalga etib keldi. U o'tgan hafta Monte-Karlo "Masters" turniri finalida greciyalik Stefanos Cicipasga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Fikrlar