05 noy 10:49
Yangiliklar
Tennis
Kasper Ruud Parij "Masters" turniri chorak finalida
Jahonning sakkizinchi raketkasi, norvegiyalik tennischi Kasper Ruud Rolex Paris Masters turnirining uchinchi davrasida ATP reytingida 57-o'rinni egallab turgan amerikalik Markos CHironga qarshi bahs olib bordi.
Bir soatu 8 daqiqa davom etgan uchrashuvda Kasper raqibini 6/2, 6/1 hisobida mag'lub etdi. Tennischilar shu kungacha bir-birlari bilan to'qnash kelishmagan edi.
Endi Ruud Parijdagi turnirning chorak finalida germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar