So’nggi yangiliklar

18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0 16:59Осиё чемпионати. Боксчи-йигитларимиз Марказий Осиё дербиларида ғалаба қозонишди 0 16:38Бокс бўйича Ўзбекистон чемпиони Қозоғистон терма жамоаси сафида дебют қилди 0 16:17Рустам Ассакалов Осиёда 2025 йилнинг энг яхши юнон-рум кураши мураббийи деб топилди 0 15:56ПСЖ Мартинелли учун курашга қўшилди 0 15:35Марказий жанги Двалишвили - Сехудо бўлган RAF 8 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:14Шаҳрам Ғиёсов - Жек Кеттерол чемпионлик жанги учун расмий постер тақдим этилди + ФОТО 0 14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0 13:50VIII Тошкент халқаро марафони ўтказилмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

25 avg 17:04
Yangiliklar

Futbol

"Katanec, xayrlashuv uchrashuvi va SHomurodov haqida", - Odil Ahmedov bilan intervyu

Teglar :  Odil Ahmedov
O'zbekiston milliy terma jamoasiga Srechko Katanecning tayinlanishi borasidagi bahs-munozaralar, mutaxassislar fikri hali hamon tingani yo'q.

Biz shu o'rinda terma jamoamizning sobiq sardori Odil Ahmedovning ham fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Terma jamoamizga Srechko Katanecning bosh murabbiy bo'layotganidan xabaringiz bor. Bu boradagi dastlabki fikrlar qanday bo'ldi?

- To'g'risi Srechko Katanec haqida ko'p malumotim yo'q. O'zbekistonning Iroqqa qarshi o'tkazgan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvi paytida sloveniyalik murabbiy borasida tushunchaga ega bo'lgandim. Ochig'i boshqa narsa bilmayman.

- Umuman olganda mahalliy yoki xorijlik mutaxassis tayinlanishi haqida ko'p muhokamalar bo'ldi. Sizningcha terma jamoani kim boshqarishi kerak: xorijlik yoki mahalliy murabbiy?

- Mening fikrim, terma jamoada xorijlik murabbiy ishlagani yaxshi. CHunki hozirda bizning mahalliy murabbiylarimiz jamoani oliy maqsad yo'lida tayyorlashga etarli tajribaga ega emas deb o'ylayman.

- Srechko Katanecning shtabida o'zbekistonlik murabbiy bo'lgani qanchalik yaxshi?

- Yaxshi emas, shart! Boisi qachondir, kun kelib terma jamoani mahalliy murabbiylarga berishga to'g'ri keladi. Agarda xorijlik murabbiyni oldida tajriba va malaka to'plasa keyinchalik bemalol ishlay olishi mumkin.




- Aytaylik mahalliy mutaxassis xorijiy murabbiy shtabiga kiritildi, keyin o'zi yaxshi bilgan va tanigan futbolchilarni ko'proq termaga chaqirilishiga harakat qilsachi?

- Yaxshi va yuqori saviyadagi bosh murabbiy bunga hech qachon yo'l qo'ymaydi. CHunki natija uchun u javob beradi. Futbolchining farqiga bora oladi.

- Ayni paytda nima uchun O'zbekistonda ekanligingiz ko'pchilik uchun qiziq?

- Xitoy chempionatida juda katta tanaffus yuzaga kelgan. Bu Xitoy terma jamoasining JCH-2022 saralashida o'yinlar o'tkazishi bilan bog'liq. Fursatdan foydalanib uyda dam olyapman. CHempionat dekabr oyida tiklanadi.

- SHu yilning o'zida futbolchilik faoliyatingizni yakunlashingiz haqidagi gap-so'zlarga aniqlik kirita olasizmi?

- Bu - futbol, unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Yagona aytishim mumkin bo'lgan aniq narsa bu klubim bilan yana bir yillik shartnomam bor.

- Odil Ahmedov faoliyatini xorijda yakunlaydimi yoki o'zbek klublaridan birida?

- Hozirgi kunda O'zbekistonda o'ynash niyatim yo'q. Menimcha faoliyatimni xorijda yakunlayman.

- Bevosita yana terma jamoa mavzusiga qaytsak. Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan bahsdan so'ng milliy jamoa bilan xayrlashdingiz. SHunday ekan xayrlashuv uchrashuvingizni o'tkazishni rejalashtirganmisiz?

- Xayrlashuv uchrashuvini o'tkazish o'zimning rejamda bor. Biroq bu bitta menga bog'liq emas. Associaciya tomonidan qandaydir yordam bo'lsa, albatta buni amalga oshiraman.

- Odil Ahmedov terma jamoa bilan xayrlashuv uchrashuvini qaysi stadionda o'tkazishni istardi?

- "Paxtakor" yoki "Navbahor" stadionidan birida.




- Siz terma jamoadagi faoliyatingizni tugatdingiz va ayni paytda sardor yo'q. Albatta buni yangi murabbiylar shtabi yoki jamoadagi futbolchilar aniqlaydi. Lekin sobirq sardor sifatida sizning nomzodingiz kim?

- Jaloliddin Masharipov. U nafaqat futbol maydonida, balki uning tashqarisida ham yigitlar bilan yaxshi til topisha oladi va sardorlik hususiyatlarga ega.

- Hamyurtimiz Eldor SHomurodov "Jenoa"dan so'ng juda katta oldinga siljish qildi. Hozirda Joze Mourino boshchiligidagi "Roma"da to'p tepmoqda. Tabiiyki mazkur jarayon sizni befarq qoldirmagan va o'ziga xos fikrlar tug'dirgan...

- Eldor SHomurodov borasida fikrlarim doim ijobiy bo'lgan. "Roma"da o'ynash uning uchun katta motivaciya. Rim klubi Eldorning keyingi faoliyatiga yani kuchli klublarga o'tishiga tramplin vazifasini o'tab beradi. Bevosita o'yinlarini kuzata turib bundan ham kuchli klublarda o'ynab ketishiga menda shubha qolmadi. Eng asosiysi jarohat olmasa bo'lgani.

- O'zbekistonda top klublar safida o'ynab keta oladigan yana yosh futbolchilar bormi?

- Birortasini ko'rsatish qiyin. Lekin bizda iqtidorli bolalar juda ko'p. Atrofidagi mayda detallardan tashqari ko'p narsa futbolchining o'ziga, xohishiga va oldiga qo'ygan maqsadiga bog'liq. Orzu qilgandan so'ng maqsad ham bo'lishi kerak. Bizda ko'p futbolchilar "Paxtakor" yoki shunga o'xshash klubda o'ynasam bo'ldi, deyishadi. SHu bilan to'xtab qolishadi. Futbolda qo'rqmasdan oldinga intilish lozim. Besh yil Evropa ligasida ko'plab jamoalarga qarshi maydonga chiqqan bo'lsam, bizdan 10 yoki 15 karra kuchli klubni ko'rmadim. Istalgan jamoa bilan bemalol o'ynasa bo'ladi.

- So'nggi savol: "Odil Junior" akademiyasining ilk "meva"larini qachon ko'rishimiz mumkin?

- Hozirda "Lokomotiv" U-21 jamoasida uch nafar futbolchimiz to'p tepmoqda. Asosiy mevani 2-3 yildan katta maydonlarda ko'ramiz deb o'ylayman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing