11 fev 09:38
Yangiliklar
“Katta Dubulg'a”. Umumajamoa hisobida sakkizinchimiz, hozircha!
Bugun musobaqaning ikkinchi kuni og'ir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Mazkur musobaqada O'zbekiston sharafini to'rt nafar sportchi himoya qilyapti. Ularning uch nafari ilk kungi bahslarda tatamiga chiqdi.
Hamyurtlarimizdan SHarofiddin Lutfullaev finalgacha etib etib borib, yakunda kumush medalni qo'lga kiritdi. -60kg vazn toifasida tatamiga chiqqan SHarofiddin o'z guruhida koreyalik Xarim Li va franciyalik Sedrik Revolni mag'lub etdi. Yarim finalda braziliyalik Felipe Pelimdan ustun keldi. Oltin medal uchun kechgan bahsda esa yaponiyalik mashhur sportchi Toru SHishimega yutqazib qo'ydi.
SHu tariqa, kechagi kungi bahslar yakuniga ko'ra terma jamoamiz medallar jamg'arish bo'yicha bitta kumush medal bilan umumjamoa hisobida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkitadan oltin va kumush hamda bitta bronza medaliga ega dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi bu borada karvonboshi.
Bizdan avvalgi o'rinlarni Janubiy Koreya, Kosovo, Ukraina, Kanada, Franciya va Gruziya terma jamoalari band etgan. “Katta Dubulg'a” musobaqasida jami 71ta davlat polvonlari medallar uchun tatamiga chiqishyapti.
Fikrlar