28 iyu 11:19
Yangiliklar
Tennis
Kayl Edmundning Vatanidagi yurishi davom etadi
Buyuk Britaniyaning Istburn shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha Nature Valley International turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning 31-raketkasi Kayl Edmund musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi. Mezbonlar vakili vatandoshni Den Evansga qarshi kortga chiqdi va reytingning 65-pog'onasidan joy olgan raqibini mag'lub etdi - 1/6, 6/3, 6/4.
Uchrashuv 1 soatu 48 daqiqa davom etgan. Bu Kaylning Den ustidan qozongan ikkinchi g'alabasi bo'ldi. Endi Edmund Istburn turniri finaliga chiqish uchun amerikalik Teylor Fritc mag'lub etishi kerak bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar