23 mar 07:43
Yangiliklar
Tennis
Kei Nishikori 9 oylik tanaffusdan so'ng kortga qaytdi
Dunyoning sobiq to'rtinchi raketkasi Kei Nishikori 9 oylik tanaffusdan so'ng ilk bor rasmiy o'yinda ishtirok etdi.
Yaponiyalik tennischi Mayami "Masters" turnirining ilk davrasida Sebastyan Ofnerga qarshi kortga chiqib, 3/6, 4/6 hisobida yutqazib qo'ydi. 34 yoshli tajribali tennischi tizzasidagi jarohati sabab 2023 yilning iyul oyidan beri musobaqalarda qatnasha olmayotgandi. Ayni paytda Kei ATP reytingida 351-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar