09 mar 07:43
Yangiliklar
Tennis
Kenin - Open 6 Sens bosh sovrin sohibasi!
Franciyaning Lion shahri mezbonlik qilgan WTA turniri yakunlandi.
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi, amerikalik Sofiya Kenin reytingning 136-pog'onasidan joy olgan germaniyalik Anna-Lena Fridzamga qarshi kortga chiqdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Bir soatu 49 daqiqa davom etgan finalda 21 yoshli Kenin 26 yoshli raqibasini 6/2, 4/6, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Open 6 Sens turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kenin uchun faoliyatidagi beshinchi titul bo'ldi. U Liondagi ishtirokidan 34,677 evro mukofot puli hamda 280 reyting ochkosi ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar