21 okt 09:35
Yangiliklar
Tennis

Kerber 2016 yilni dunyoning birinchi raketkasi sifatida yakunlaydi
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Australian Open va US Open turnirlarining amaldagi g'olibasi Anjelik Kerber qolgan musobaqalardagi ishtirokidan qatiy nazar 2016 yilni dunyoning birinchi raketkasi sifatida yakunlaydi.
Germaniyalik 28 yoshli tennis malikasi o'tgan yilni dunyoning 12-raketkasi sifatida yakunlagan edi. Bu yilgi mavsumda u 59ta uchrashuvda zafar quchdi, 17 bor mag'lubiyatga uchradi.
Malumot uchun, amerikalik Serena Uilyams so'nggi uch yildan beri (ketma-ket 186 hafta) dunyo tennischilari reytingini uzluksiz boshqarib kelayotgandi. O'tgan oyda Serena peshqadamlikni Kerberga topshirib qo'ydi.
Havola :
Fikrlar