13 jan 14:04
Yangiliklar
Tennis

Kerber Sidneydagi turnir g'olibasiga aylandi
Avstraliyaning Sidney shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 733 900 dollarni tashkil qilgan turnir yakunlandi.
Turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida germaniyalik Anjelik Kerber avstraliyalik Eshli Bartiga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda Kerber 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi.
29 yoshli Kerber ayni paytda dunyo reytingida 22-o'rinni
egallab turibdi. Sidneydagi muvaffaqiyatli ishtirok olmon tennischisiga 137 125
dollar mukofot puli hamda 470 reyting ochkosini taqdim etdi. Kerber uchun bu
faoliyatidagi 11-sovrin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar