07 sen 13:52
Yangiliklar
Boshqalar
Kibersport hali-beri Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilmaydi
Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax kibersport zo'ravonlikni targ'ib qilar ekan, Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olmasligi haqida gapirdi.
"Biz zo'ravonlikni targ'ib qiladigan sport turini Olimpiadaga kirita olmaymiz. Ular Olimpiya qadriyatlariga mos kelmaydi.
Albatta, yakkakurash sport turlari insonlar o'rtasidagi janglar orqali yuzaga kelgan. Ammo, sport - janglarning taraqqiy etgan ko'rinishidir. Agar kibersportda kimnidir o'ldirish kerak bo'lsa, u Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olmaydi", - dedi Tomas Bax.
Havola :
Manba : АР
Fikrlar