10 may 16:52
Yangiliklar
SHaxmat

Javohir Sindarov Franciyaning mashhur kibersport klubi azosiga aylandi
O'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov endilikda Team Vitality kibersport klubi sharafini himoya qiladi.
Bu haqda sportchi va klub o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida malum qildi.
Avvalroq, Team Vitality Franciya vakili Maksim Vashe-Lagravni o'z safiga qo'shib olgandi. Endi esa Sindarov bilan shartnoma tuzildi.
Jamoa shu oyda Ar-Riyod mezbonlik qiladigan kibersport bo'yicha Jahon kubogiga yo'llanma olish imkoniyatiga ega.
Yodingizda bo'lsa, fevral oyida boshqa bir hamyurtimiz — Nodirbek Abdusattorov NAVI (Natus Vincere) kibersport klubi bilan kelishuvga erishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar