21 may 11:52
Yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov kibersport bo'yicha Jahon kubogi yo'llanmasiga ega chiqdi
Turnirda o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. Birinchi kun yakuniga ko'ra, Nodirbek saralashning ikki uchrashuvida zafar quchib, yarim finalga yo'l oldi. Abdusattorov 1/8 finalda belaruslik Denis Lazavikni 3:1 hisobida taslim etdi.
1/4 finalda xitoylik Ve Yidan 2,5:1,5 hisobida ustun keldi. Uning yarim finaldagi raqibi norvegiyalik afsona Magnus Karlsen bo'ladi. Magnus yarim final yo'lida polshalik Yan-Kshishtoff Duda va franciyalik Maksim Vashe-Lagravni mag'lubiyatga uchratdi.
Ahamiyatlisi, Abdusattorov kechagi ishtiroki orqali 8 iyul — 24 avgust kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadigan kibersport bo'yicha Jahon kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Nodirbekdan tashqari Fabiano Karuana, Vey I, Alireza Firuzja va Vladislav Artemev ham birinchi kungi bahslardan keyin yo'llanmalarga ega chiqishdi.
Fikrlar