So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

07 avg 18:30
Yangiliklar

Boshqalar

Kibersport rivoji yo'lida yangi qadam – Uzbekistan Esports federaciyasi IESF va AESF azoligiga qabul qilindi

Teglar :  Kibersport
Uzbekistan Esports federaciyasi Xalqaro elektron sport federaciyasi (The International Esports Federation – IESF) va Osiyo elektron sport federaciyasi (Asian Electronic Sports Federation – AESF) azoligiga qabul qilindi.

Bu haqda bugun xalqaro tashkilotlarning rasmiy saytlarida malum qilindi.

IESF’ning malum qilishicha xalqaro tashkilotga Uzbekistan Esports federaciyasidan tashqari Janubiy Amerikadan Argentina va Gvatemala, shuningdek, Evropadan Norvegiya va Irlandiya elektron sportfederaciyalari ham azo sifatida tan olingan.

Malumot uchun, The International Esports Federation – IESF 2008 yilda Evropa va Osiyoning 9 mamlakati azoligida tashkil etilgan edi. SHundan buyon yildan-yilga ushbu xalqaro tashkilotga azo bo'layotganlar ortib bordi.

Hozirgi kunda tashkilotga 71 ta davlat azo bo'lgan bo'lib, IESF jahonda elektron sport o'yinlarining ommalashuvi rivojlanishi yo'lida faol xizmat ko'rsatmoqda.

SHuningdek, Osiyo elektron sport federaciyasi (Asian Electronic Sports Federation – AESF) ham Uzbekistan Esports federaciyasining tashkilotga rasman azo bo'lganligini elon qilar ekan, O'zbekistonda ushbu sport o'yinlari tobora rivojlanib borayotganini etirof etdi.

Uzbekistan Esports federaciyasi prezidenti Azizbek Pattaxov Asian Electronic Sports Federation ijroqo'm azoligiga ham qabul qilingan. Endi xalqaro tashkilot tomonidan muhim qarorlar qabul qilinayotganda O'zbekiston tomoni ham o'z ovoziga ega bo'lmoqda.

Malumot uchun, Uzbekistan Esports federaciyasi 2016 yilda tashkil etilgan bo'lib, "Team Uzbekistan" - milliy terma jamoa sportchilari bilan xalqaro musobaqalarda O'zbekiston nomidan munosib ishtirok etib kelmoqda.

Bugungi kunda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ham kibersportning mamlakatimizda professional sport turi sifatida keng rivoj topishi uchun Uzbekistan Esports federaciyasi bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har yili mamlakat ochiq chempionatlari tashkil etilib, iqtidorli sportchilarni saralab olgan holda "Team Uzbekistan" jamoasi azolari shakllantirilmoqda.

Uzbekistan Esports federaciyasi Alibaba Sports va SHOS Esports Siyan xalqaro tashkilotlarining ham azosi sanaladi. Federaciyaning bu tashkilotlar bilan uzoq yillik shartnomalari mavjud bo'lib, ular tomonidan tashkil etilayotgan yirik turnirlarda sportchilarimiz munosib ishtirok etib kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing