18 avg 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Kiev meri Klichko Belarusdagi namoyishlarni qo'llab-quvvatladi + FOTO
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni, hozirda Kiev shahri hokimi Vitaliy Klichko Belarusda davom etayotgan norozilik akciyasini qo'llab-quvvatladi.
Klichko o'zining "Instagram"dagi sahifasida Kiev shahri hokimiyati binosiga kirish qismi peshtoqiga oq-qiziq-oq rangidagi bayroqni ostirib qo'ygan. Bu harakati bilan sobiq chempion Belarusdagi namoyishlarni qo'llab-quvvatlashini malum qilgan.
Bundan tashqari, u Belarusning hozirgi prezidentiga qarshi munosabatda ekaninin #jyvebelarus xeshtegi bilan ham ochiqdan-ochiq bildirgan. 9 avgust kuni Belarusda o'tkazilgan prezidentlik saylovida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80% ovoz to'plagan edi. Buning natijasida mamlakatning yirik shaharlarida ommaviy namoyishlar boshlanib ketgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar