26 iyu 13:29
Yangiliklar
Tennis
Kiki Bertensning Palermodagi yurishi davom etadi
Sayyoramizning beshinchi raqamli tennis malikasi Kiki Bertens Italiyaning Palermo shahrida o'tkazilayotgan turnirning chorak finalchisiga aylandi.
Gollandiyalik tennischi ikkinchi davra uchashuvida serbiyalik Aleksandra Krunichga qarshi kortga chiqdi. Kiki 1 soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda WTA reytingida 103-pog'onadan joy olgan raqibasini 6/3, 6/1 hisobida engdi.
27 yoshli Bertens o'zaro uchrashuvlarda 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Endi u Palermo Ladies Open turnirining 1/4 finalida ruminiyalik Irina-Kameliya Begu hamda italiyalik Jasmin Paolini o'rtasidagi uchrashuv g'olibasiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar