12 iyu 07:26
Yangiliklar
Tennis
Kirgios finaldagi mag'lubiyatdan keyin ham qoidalarni buzdi + FOTO
Avstraliyalik tennischi Nik Kirgios finalda Novak Jokovichga mag'lub bo'lgach, yana bir bor Uimbldon qoidalarini buzdi.
Uchrashuv yakunida u oq kepkasini qizil rangga almashtirdi va aynan unda intervyu berdi. Vaholanki, "Uimbldon" qoidalari tennischilardan faqat oq libosda bo'lishni talab qiladi.
Avstraliyalik raketka ustasi avval ham qizil kepka va qizil krossovka kiyib, turnir qoidalarini buzgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar