11 iyu 17:40
Yangiliklar
Tennis
Tennischimiz Saidaslam Farxodov Uimbldon U14 turnirida ishtirok etyapti
Buyuk Britaniyada davom etayotgan Wimbledon 14&Under turnirida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Saidaslam Farxodov guruh bosqichini yakunladi.
Hamyurtimiz D guruhida uchta uchrashuv o'tkazib, ikki g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etdi hamda guruhda ikkinchi o'rinni egalladi.
Guruh bosqichida Farxodov Xitoy vakili Li Yanruni 6/4, 2/6, 10:8 hisobida, Buyuk Britaniya tennischisi Kaleb Griffithni 7/6(4), 6/2 hisobida mag'lub etdi. SHuningdek, SHveysariya vakili Jonas Waeltiga 2/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, Saidaslam endi Consolation Play-Off bosqichida ishtirok etadi.
Navbatdagi uchrashuvda u Buyuk Britaniya vakili Oskar Laskovskiga qarshi kortga chiqadi.







Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar