So’nggi yangiliklar

09:37"Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди + ВИДЕО 0 09:16Макгрегор зўрлашда айбдор деб топилганига изоҳ берди 0 08:55Фаолиятини АҚШда давом эттириши айтилган Муҳиддин Мамажонов Тошкентда жанг қиладиган бўлди 0 08:34UFC Макао турнири иштирокчилари қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 08:13Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Дубайда Машарипов жамоасига қарши майдонга тушади 0 07:52Исроил Мадримовнинг вазнига яна бир юлдуз келмоқда 0 07:31Энди Маррей Australian Open якунига қадар Новак Жоковичга устозлик қилади 0 19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0

10 iyu 13:01
Yangiliklar

Tennis

Kirgios "Katta to'rtlik" hukmronligiga chek qo'ya oladimi yoki Jokovich ettinchi chempionlikni tantana qiladimi? Final uchun PREVYU

Bugun o'z tarixida 135-bor o'tkazilayotgan "Uimbldon" turniri o'z nihoyasiga etadi.

Iyul oyining ikkinchi yakshanbasida tennis jamoatchiligi etibori "Uimbldon"dagi erkaklar o'rtasidagi yakkalik finaliga qaratiladi. 

Turnirning asosiy favoriti Novak Jokovich ettinchi chempionlikni qo'lga kiritishga harakat qilsa, asosiy sensaciyalardan biri Nik Kirgios faoliyatida ilk bor "Katta Dubulg'a" bosh sovrini uchun kurash olib boradi. 

Novak Jokovich. Finalga yo'l

Birinchi davra: Novak Jokovich - Sun-Vu Kvon - 6/3, 3/6, 6/3, 6/4

Ikkinchi davra: Novak Jokovich - Tanasi Kokkinakis - 6/1, 6/4, 6/2

Uchinchi davra: Novak Jokovich - Miomir Kechmanovich - 6/0, 6/3, 6/4

To'rtinchi davra: Novak Jokovich - Tim Van Riytxoven - 6/2, 4/6, 6/1, 6/2

CHorak final: Novak Jokovich - Yannik Sinner - 5/7, 2/6, 6/3, 6/2, 6/2

Yarim final: Novak Jokovich - Kemeron Norri - 2/6, 6/3, 6/2, 6/4

Final yo'lida Jokovich uch setdan iborat ikkita uchrashuvda g'alaba qozondi. Uning tennisi idealdan ancha uzoq edi va bu ayniqsa so'nggi ikki uchrashuvda - Yannik Sinner va Kemeron Norri bilan bo'lgan uchrashuvlarda sezildi. Ammo italiyalik ham, britaniyalik ham bunday mashhur raqibini mag'lub etishga tayyor emas edi. Novak ham aqlan ham jismonan juda kuchli, bu unga bunday uchrashuvlarda tizginni o'z foydasiga burish imkonini beradi. Va u Sinner va Norridan yaxshiroq tennis o'ynashga qodir ekanligini inkor etib bo'lmaydi.


Nik Kirgios. Finalga yo'l

Birinchi davra: Nik Kirgios - Pol Jabb - 3/6, 6/1, 7/5, 6/7(3), 7/5

Ikkinchi davra: Nik Kirgios - Filip Krayinovich - 6/2, 6/3, 6/1

Uchinchi davra: Nik Kirgios - Stefanos Cicipas - 6/7(2), 6/4, 6/3, 7/6(7)

To'rtinchi davra: Nik Kirgios - Brendon Nakashima - 4/6, 6/4, 7/6(2), 3/6, 6/2

CHorak final: Nik Kirgios - Kristian Garin - 6/4, 6/3, 7/6(5)

Yarim final: Nik Kirgios - Rafael Nadal - o'tkazilmadi.

O'tgan oy Kirgios uni Londondagi musobaqaning yashirin favoritlaridan biri deb hisoblashga asos berdi. Biroq, turnirning ikki karra chempioni Rafael Nadal, o'tgan yilgi finalchi Matteo Berrettini va yana bir nechta favorit o'yinchilarning maysada maydonga tushishi avstraliyalikning yuqori natijaga erishish imkoniyatlarini keskin pasaytirdi. Biroq, keyinchalik uning uchun hamma narsa juda yaxshi bo'ldi. Berrettini va Marin CHilich koronavirus tufayli turnirni erta tark etishdi, Feliks Oje musobaqani boshidayoq yakunladi, Nadal esa chorak finalda Teylor Fricni mag'lub etgan bo'lsada, jarohatini jiddiy ravishda kuchaytirdi. SHu tariqa, Stefanos Cicipas Nikning Top-30likdagi yagona kuchli raqibiga aylandi. 23 yoshli greciyalikni esa uchinchi davrada turnirga ruhan tayyor emasligi uning natijasiga katta tasir qildi. SHunga qaramay, biz ajoyib tennis ko'rsatgan Kirgiosning o'zini alohida etirof etishimiz kerak.

Qizig'i shundaki, Nik uchun eng qiyini - imkoniyatlari eng kam baholangan tennischilar Pol Jabb va Brendon Nakashima bilan bo'lgan o'yinlar bo'ldi. Ammo bu avstraliyalikni finalga qadar etib kelishiga qarshilik qilolmadi.


O'zaro uchrashuvlar tarixi

Jokovich va Kirgiosning yo'llari faqat 2017 yilda kesishgan - ikkala uchrashuvda ham Kirgios g'alaba qozongan. Avvaliga Nik Akapulkodagi turnirning chorak finalida ikki setlik g'alabani qo'lga kiritdi, so'ngra Indian-Uells "Masters"ning to'rtinchi davrasida avvalgi muvaffaqiyatini takrorladi. Novak o'shanda faoliyatidagi eng yomon mavsumlardan birini o'tkazganini hisobga olsak, bu ajablanarli emas.


Final uchun taxmin

Kirgiosning g'alabasi juda ramziy bo'lishi mumkin. Gap shundaki, Nik "Katta to'rtlik"ning "Uimbldon"dagi 19 yillik hukmronligini to'xtatishi mumkin. 2003 yilda Rojer Federerning birinchi unvonidan so'ng, shveycariyalikning o'zi yoki Jokovich-Nadal-Marrey triosidan biri doimo g'alaba qozongan. Ushbu davr boshlanishidan oldin yani 20 yil oldin o'z g'alabasini nishonlagan oxirgi tennischi Kirgiosning vatandoshi Lleyton Xyuitt edi. Bugun Kirgios 19 yildan buyon davom etayotgan ananaga chek qo'yishi, o'sha paytda boshlangan seriyani yakunlashi mumkin.

"Katta to'rtlik" hukmronligini targ'ib qilganlar faqat bitta natijadan xursand bo'lishadi. Novakning g'alabasi "Katta Dubulg'a" turnirlarida eng ko'p sovrinlar uchun kurashga intriga qo'shadi. Agar u bugun chempionlikni qo'lga kiritsa, Nadalga bir titul masofasidan (21 dan 22 gacha) yaqinlashadi. Bundan tashqari, bu holatda serbiyalik tennischi o'zining "Uimbldon" turniridagi ettinchi (rekordchi Federerdan bitta kam) va ketma-ket to'rtinchi (2003-07 yilgi mavsumdagi Federerdan bitta kam) unvoniga ega chiqishi mumkin.

Jokovich tomonida katta tajriba, psixologik va jismoniy barqarorlik, taktik ustunlik bor. Albatta, Kirgios ham kuchli zarbalar va raqibni har qanday daqiqada o'z harakatlari bilan hayratda qoldirish qobiliyatiga ega. Ammo Novak bunga tayyor bo'lishi kerak.

Va shunga qaramay, avstraliyalikda, albatta, imkoniyat bor. G'alaba qozonish uchun u o'yinni yaxshi boshlab olishi kerak. Agar Jokovich 1/4 final va 1/2 finaldan keyin xatolari ustida ishlamagan bo'lsa, u holda Novak birinchi va hatto ikkinchi setni ham boy berishi mumkin. Uchinchisida esa Novak albatta yaxshilanadi va Kirgios jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

SHu bilan birga, Nik endi finalga chiqish hayajonini yashirmaydi. Bu, ehtimol, u asablarga dosh berolmaydigan scenariydir. Bu his-tuyg'ularning harakatlarga ko'chishiga, tajovuzkorlikning namoyon bo'lishiga olib kelishi mumkin. Demak, Kirgios Jokovichning vazifasini ancha osonlashtiradi.

Ammo biz uchrashuvdan eng oddiy syujet emas, balki qiziqarli kurash kutamiz.

Bu tennischilar o'rtasida yana bir jihat borki, bu ham bugungi o'yin intrigasini taminlasa ajab emas. Kirios va Jokovich o'rtasida yomon munosabatlar shakllangan. So'nggi bir necha yil davomida ular umuman aloqada bo'lishmadi va Novak hatto Nik haqidagi savollarga javob berishga to'g'ri kelganida, uning ismini aytmasdi.

Kirgios ularning orasidagi bunday munosabatda hatto OAVni ayblagan. Biroq, Kirgiosning beqarorligi hammaga malum.

2018 yil boshidagi ko'rgazmali turnirida: "Men uchun u qancha "Katta Dubulg'a"ga ega bo'lmasin, hech qachon eng zo'ri bo'la olmaydi. Men u bilan ikki marta o'ynadim va ikkalasida ham g'alaba qozondim. Meni kechiring, lekin agar meni mag'lub eta olmasangiz, qanday qilib barcha zamonlarning eng yaxshisisiz?"-dedi Kirgios. Olti oydan so'ng tennischilar yarashganga o'xshardi, ammo oradan biroz vaqt o'tganidan so'ng avstraliyalik tennischi Novakni yana tanqid qildi. 

Ammo shu yilning boshida Avstraliyada Jokovich bilan bog'liq mojarolar boshlanganida Kirgios birinchilardan bo'lib uni qo'llab-quvvatladi. Umuman olganda ularnig munosabatlari yaxshilangandek ham ko'rinadi. 

Ho'sh bugun Kirgios yangi tarix yarata oladimi yoki Novak 21-"Katta Dubulg'a"ga ega chiqadimi? Buni o'zingiz Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadigan final uchrashuvini ko'rib guvohi bo'ling.

Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing