17 okt 12:35
Yangiliklar
Tennis

Kiz Yakuniy turnirning so'nggi ishtirokchisiga aylandi
Amerikalik Medison Kiz shu yil Singapurda o'tkaziladigan ananaviy yilning so'nggi – Yakuniy turnirning oxirgi ishtirokchisiga aylandi.
21 yoshli tennischi o'z faoliyatida ilk bor bunday nufuzli turnirda ishtirok etadi. WTA Finals turnirida dunyo reytingida kuchli sakkizlikdan joy olgan tennis malikalari bosh mukofot uchun kortga chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, Kizdan avval amerikalik Serena Uilyams, germaniyalik Anjelik Kerber, ruminiyalik Simona Xalep, polshalik Agneshka Radvanska, ispaniyalik Garbine Mugurusa, chexiyalik Karolina Plishkova va slovakiyalik Dominika Cibulkovalar WTA Finals turniridagi ishtiroklarini amalda kafolatlashgandi.
Havola :
Fikrlar