So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

11 fev 17:38
Yangiliklar

Boshqalar

Kombat jiu-jitsu bo'yicha chempionlar aniqlandi

Teglar :  Jiu-jitsuCHirchiq
CHirchiq shahridagi “Kimyogar” sport majmuasida kombat jiu-jitsu bo'yicha Toshkent viloyati chempionati bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston Kombat jiu-jitsu Associaciyasi Toshkent viloyati bo'limi, CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur chempionatda 200 nafarga yaqin 6 yoshdan 18 yoshgacha va undan katta  sportchilar o'zaro kuch sinashishdi. 

Yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, beshta muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi ijrosini taminlash, ushbu sport turidan viloyat terma jamoasini shakllantirish va mamlakat chempionatiga saralash kabi maqsadlarni jamlagan chempionatda dastlab, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Marosimda so'z olgan O'zbekiston Kombat jiu-jitsu Associaciyasi Toshkent viloyati raisi Dadaxon Hasanov sportchilarga omad tilab, mamlakatimizda sport sohasiga yuksak etibor qaratilayotgani va yoshlarimizning xalqaro sport arenalarida munosib ishtirok etayotgani xususida takidlab, sportchilarga omad tiladi. 

Badiiy jamoalarning kuy-qo'shiqlari, go'zal raqslari, sportchi bolalarning ko'rgazmali chiqishlari yig'ilganlar ko'ngliga xushnudlik bag'ishladi. SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi. Kun davomida o'tkazilgan musobaqaning aksariyat xollari shiddatli janglarga boy tarzda o'tdi. 

Nodirbek Jumanov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borgan murosasiz bahslarda hatto nokaut va nokdaun xolatlari ham kuzatildi. Asosiysi, ushbu musobaqada eng kuchli va shiddatkor sportchilar saralandi. 

Demak, g'olib sportchilar bilan tanishamiz:

O'g'il bolalar: 6-7 yosh. 20 kg. 1. SHoxruxo'ja SHavkatov. 25 kg. 1. Asad Baxtiyorov. 30 kg. 1. Kozimxo'ja Komilov. 8-9 yosh. 25 kg. 1. Avzal Quvonishbekov. 30. 1. Elbek Erkinxo'jaev. 35 kg. 1. Abror Baxtiyorov. 45 kg. 1. Alan Xorsov. 10-11 yosh. 25 kg. 1. Jahongir Yo'ldoshev. 30 kg. 1. Bexruz Ravshanov. 35 kg. 1. Amirxon Saidbattalov. 40 kg. 1. Beksulton Ablaev. 45 kg. 1. Merlan Nomozboev. 50 kg. 1. Baysiet Ermekbaev. 12-13 yosh.30 kg. 1 Yusupov Mahmudasad. 35 kg. 1. Mirjamol Mirsaidov. 40 kg. 1. Ismoil Jahongirov. 45 kg. 1. Samandar Abdurahmonov. 50 kg. 1. SHertoy Tojiboev. 55 kg. 1. Asomiddin Muhiddinov. 60 kg. 1. Bekzod Bauetinov. 14-15 yosh. 40 kg. 1. Muzaffar Xoliqov. 45 kg. 1. Elbek Xamidullaev. 50 kg. 1. Yo'ldoshev Samandar. 55 kg. 1. Azizbek Yo'ldoshaliev. 60 kg. 1. Fazliddin Rahimqulov. 65 kg. 1. Davron G'ayratov. 70 kg. 1. Baxtiyor Saydullaev. 75 kg. 1. Azamat Ilyosov. 80 kg. 1. Nursaid To'laganov. 16-17 yosh. 55 kg. 1. Jahongir Saidburxonov. 60 kg. 1. Batirxan Jarilkapov. 65 kg. 1. Hasan Vohobjonov. 70 kg. 1. Anvar Ubaydullaev. 75 kg. 1. Isroil Ismoilov. +80 kg. 1. Jasur Eliboev. +18 yosh. 57 kg. 1. Jahongir Yunusmatov. 63 kg. 1. Nurali Majidov. 70 kg. 1. Davron Abdulqodirov. 77 kg. 1. SHoxnur Mirkomilov. 85 kg. 1. Alisher Muxriddinov. 92 kg. 1. Gazamfar Yusupov.

Qizlar:10-11 yosh. 70 kg. 1. Odina Rahmatullaeva. 12-13 yosh. 30 kg. 1. Umida Nishonboeva. 35 kg. 1. Maxliyo Abdurahmonova. 40 kg. 1. SHodiya O'ktamova. 45 kg. 1. Nazokat Asilova.50 kg. 1. Odina Isoxo'jaeva. 14-15 yosh. 47 kg. 1. Risolat Ahmadjonova. 53 kg. 1. Sarvinoz Rahmatullaeva. 58 kg. 1. Marjona Sotvoldieva. +18 yosh. 50 kg. 1. Go'zal Mavlonova. 56 kg. 1. Ziyoda Jumanova.  

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing