28 apr 18:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor egalik qiluvchi BKFC muzdagi janglar - Ice Wars loyihasini elon qildi
Qo'lqopsiz janglar Ligasi - Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC) muzda janglar tashkil etuvchi Ice Wars kompaniyasini sotib oldi.
Endi BKFC'ning Ice Wars bilan hamkorlikdagi ilk turniri 14 iyun kuni AQSHning Michigan shtati, Maunt-Plezante shahrida bo'lib o'tadi.
Janglar 84 kvadrat metr maydondagi muzda o'tkaziladi. Jangchilar xokkey ekipirovkasi va MMA qo'lqopida bo'ladi.
Har bir bellashuv 90 sekundlik beshta raunddan iborat bo'ladi.
BKFC vakillari 2025 yilda oltita Ice Wars turnirini o'tkazish rejalashtirilganini malum qildi.
Havola :
Manba : bkfc.com
Fikrlar