29 jan 15:17
Yangiliklar
48 yoshli Yoel Romeroning BKFC ligasidagi jangi bekor qilindi
Uning yarim og'ir vazn toifasida BKFC chempioni Lorenso Xant bilan to'qnash kelishi belgilangandi. Liga vakillari 48 yoshli kubalik tumovga chalinib, safdan chiqqanini rasman malum qilishdi. Uning o'rnini esa o'rta vazn toifasida BKFC chempioni Deyv Mandell egalladi. U zaxira varianti sifatida o'rta vaznda Xant bilan jang o'tkazadi. Bu jangda o'rtaga hech narsa qo'yilmaydi.
Xant va Mandell o'rtasidagi jang tadbirning ikkinchi muhim voqeasi bo'ladi. SHouning asosiy jangi esa og'ir vazn toifasida Ben Rotvell va Andrey Orlovskiy o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu jang chempionlik maqomida bo'ladi.
Malumot uchun, Yoel Romero BKFC ligasidagi debyutini o'tgan yilning sentyabr oyida muvaffaqiyatli o'tkazgandi. O'shanda u amerikalik Teo Dukasni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi. 10 yanvar kuni esa "Soldier of the Lord" RAF 5 kurash turnirida Stiven Buchananga muddatidan oldin yutqazib qo'ygan edi.

Fikrlar