23 avg 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Teofimo Lopes Rolando Romeroni mag'lub etib, faoliyatidagi uchinchi WBA chempionlik unvonini qo'lga kiritdi
AQSHning Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Turnirning asosiy jangidan o'rin olgan bahs yarim o'rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun kechdi.
WBA kamari sohibi amerikalik Rolando «Rolli» Romero hamyurti, ikki vazn toifasida — engil va birinchi yarim o'rta vaznda — sobiq jahon chempioni Teofimo Lopesga qarshi ringga ko'tarildi. Jangda hakamlar qarori bilan Lopes g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Lopes faoliyatida uchinchi vazn toifasida jahon chempioniga aylandi va yarim o'rta vazndagi WBA chempionlik unvonini qo'lga kiritdi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar