So’nggi yangiliklar

13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 12:05Чимаев, Царукян, Нурмагомедов жанг қиладиган RAF турнирининг тўлиқ таркиби тасдиқланди 0 11:34Винисиус узоқ муддатга дисквалификация қилингани ҳақида гапирди 0 11:03Тўлиқ таркибда қатнашган юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 10:32Артур Бетербиев қизиқарли янгиликлар ваъда қилди 0 10:01"Бу йигитларни қўллаб-қувватлаш керак". Пейж UFC’даги паст гонорарлар бўйича танқидга қўшилди 0 09:30Месси ва Суареснинг узатмалари "Интер Майами"га "Нью-Йорк Сити"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:59Жалолов рингга чиқадиган оқшомда 121 та мағлубияти бор боксчи жанг қилади 0 08:28Алекс Перейра Пауло Коста нима учун Магомед Анкалаевни мағлуб этишини тушунтирди 0 07:57"Янга қарши иккинчи жангнинг бошидаёқ ғалаба қозона олмаслигимни тушуниб етдим" - Двалишвили 0 07:26ЕЧЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган учрашувда ПСЖ "Манчестер Сити"ни таслим этди + ВИДЕО 0 19:30Вирал сурат ортидаги Мерьем: Туркия волейболининг 20 ёшли гўзали бутун дунёни ўзига қаратмоқда 0 19:05Умматалиев Бивол билан машғулот ўтказмоқда (ВИДЕО) 0

31 avg 10:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor qo'lqopsiz janglarga (bare-knuckle) o'tishni rejalashtiryapti

Teglar :  Konor MakgregorBKFC
Qo'lqopsiz janglar ligasi (Bare Knuckle Fighting Championship - BKFC) prezidenti Devid Feldman shu haqda gapirdi.

Feldmann Konor Makgregor bilan uning UFC`dagi shartnomasi yakunlangach, tashkilotdagi ehtimoliy debyuti bo'yicha muzokaralar olib borayotganini malum qildi. BKFC hammuassisi bo'lgan irlandiyalik avvalroq qo'lqopsiz janglarda albatta ishtirok etishi va ushbu yo'nalishda chempionlik kamarini qo'lga kiritishini vada qilgan edi.

"Bizda o'tmishda shunday suhbatlar bo'lgan, — dedi Feldman MMA Fighting nashriga bergan intervyusida. — Hozir u [UFC`dagi] so'nggi jangini o'tkazishga maksimal darajada etibor qaratgan. Keyin u bizga keladi va stadiondagi barcha chiptalar sotilib ketadi".

Maks Xollouey bilan yaqinda bo'lib o'tgan muvaffaqiyatsiz revansh jangidan so'ng (o'sha jangda Makgregor ilk soniyalardayoq tizzasidan jarohat olgan edi), uning UFC bilan shartnomasida atigi bitta jang qoldi. Irlandiyalik jangchi uni kelasi yilning iyul oyida o'tkazish niyatida.

Makgregorning o'zi ham avvalroq BKFC`da chiqish qilish niyatini bildirgan edi. "Agar siz men bu erda nutq so'zlab, odamlarni janglarga boshlab, o'zim esa ringga chiqmayman deb o'ylasangiz, yana bir bor o'ylab ko'ring, — degandi u o'tgan yili. — Ishonch hosil qiling, Konor Makgregor Bare Knuckle Fighting Championship`da jang qiladi. So'zlarimni eslab qoling. Men bu tashkilotda jahon chempioni bo'lmoqchiman. Bu faoliyatimdagi muhim kamar bo'ladi. Boks yoki MMA`dagi hech kim qo'lqopsiz janglar bo'yicha jahon chempioni haqida yomon gapira olmaydi".

Feldmanning fikricha, agar Makgregor BKFC jangchisiga aylansa, bu kompaniya qiymatini ikki yoki uch barobar oshirishi mumkin, bunga esa hammuassis sifatida Konorning o'zi ham bevosita manfaatdor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing