31 okt 18:23
Yangiliklar
Futbol
Konte "Tottenxem" bilan shartnomasini uzaytirmaydi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte klub bilan yangi shartnomani muhokama qilishni rejalashtirmayapti.
Eslatib o'tamiz, amaldagi kelishuv mavsum oxirida tugaydi. Ingliz manbalari "shporlar" rahbariyati va italiyalik o'rtasidagi muzokaralar Jahon chempionati vaqtida boshlanishini davo qilishdi, ammo nufuzli insayder Devid Ornshteyn bu malumotni rad etdi.
Uning so'zlariga ko'ra, tomonlar o'rtasida yaqin orada kelishuvga erishish ehtimoli nihoyatda past va mutaxassisning bitimi oxir-oqibat uzaytirilgan taqdirda ham bu mavsum oxirida sodir bo'ladi.
Antonio Konte "Tottenxem"ni o'tgan yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, 53 yoshli mutaxassisning "Yuventus"ga qaytish ehtimoli yo'q emas.
Havola :
Manba : NBC Sports
Fikrlar