29 jan 13:55
Yangiliklar
Tennis

Kontinen va Pirs - Australian Open juftligi g'oliblari!
Finlyandiyalik Xenri Kontinen va avstraliyalik Jon Pirs Melburn shahrida yakuniga etib borayotgan Avstraliya Ochiq chempionatining erkaklar o'rtasidagi juftlik bahslari g'olibiga aylanishdi.
Ular hal qiluvchi final uchrashuvida afsonaviy aka-uka egizak tennischilar - Mayk va Bob Brayanlarni mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.
Bir soatu 14 daqiqa davom etgan uchrashuvda Kontinen va Pirs juftligi ikki setda ham bir xil 7:5 hisobida zafar quchdi. Ushbu muvaffaqiyat g'olib tennischilarga 447,500 dollar mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi.
FINAL:
Xenri Kontinen (Finlyandiya, 2)/Jon Pirs (Avstraliya, 2) – Mayk Brayan (AQSH, 3)/Bob Brayan (AQSH, 3) – 7:5, 7:5
Havola :
Fikrlar